Roʻyxatdan oʻtkazuvchilar - domen nomlarini ro'yxatga olish bo'yicha 'UZ' domenining ma'muri bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq xizmat ko'rsatuvchi va domen nomi haqidagi kerakli ma'lumotlarni asosiy Registrga kiritilishini ta'minlaydigan yuridik shaxs. Bundan tashqari, Ro'yxatga oluvchi 'UZ' domeni Ma'muriyati bilan shartnoma munosabatlariga muvofiq DNSSEC texnologiyasidan foydalangan holda xizmat ko'rsatadi.